O‘zbekiston | 09:47 / 30.03.2022
25362
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Turkiya harbiy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi

Foto: Turkiya Milliy mudofaa vazirligi

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida kengaytirilgan harbiy hadli bitim imzolandi. Bu haqda Turkiya Milliy mudofaa vazirligi bayonotida aytiladi.

Hujjat ikki davlat harbiy idoralari rahbarlari – Bahodir Qurbonov va uning hamkasbi Hulusi Akar tomonidan imzolangan.

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an so‘zlaridan iqtibos keltirdi.

Turkiya rahbarining aytishicha, ikki mamlakat o‘rtasida mudofaa tizimini yanada rivojlantirish kelishib olingan.

«Yana bir salohiyatli soha — mudofaa sanoati. Bugun imzolangan bitimlarda ham mudofaa tizimini yanada rivojlantirishga kelishib olindi», degan Turkiya prezidenti.

Bundan oldin O‘zbekiston va Turkiya hamkorligini kengaytiruvchi 9 ta hujjat imzolangandi.

Ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari darajasida ko‘p qirrali O‘zbekiston-Turkiya hamkorligini yanada kengaytirishga qaratilgan 9 ta hujjat imzolandi.

Jumladan:

  • imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim;
  • davlat chegaralari orqali tovarlar va transport vositalarining o‘tishi haqida oldindan axborot almashish to‘g‘risidagi bayonnoma;
  • mehnat va bandlik sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumi;
  • sud ekspertizasi sohasida hamkorlik memorandumi;
  • qurilish sohasida anglashuv memorandumi;
  • Sog‘liqni saqlash vazirliklari o‘rtasida 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan harakatlar rejasi;
  • O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bilan Turkiyaning “Anadolu” agentligi o‘rtasida hamkorlik bitimi.

Mavzuga oid