O‘zbekistonda Germaniya mehnat bozoriga moslashtirilgan o‘quv markazlari tashkil etiladi
Ushbu ta’lim muassasalari Germaniya mehnat bozori talablariga moslashtirilgan kasbiy ta’lim dasturlarini taklif etadi. Bunday markazlarning bitiruvchilari Germaniyada muvaffaqiyatli ishga joylashish uchun zarur ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladi.

Foto: TIV
TIVda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olim Abdullayev va Germaniyaning ta’lim va kasbiy rivojlanishga ixtisoslashgan SBH West GmbH (Stiftung Bildung & Handwerk) tashkiloti vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralarda O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida kasb-hunar ta’limi va chet elda fuqarolarni ish bilan ta’minlash sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan asosiy masalalar muhokama qilindi.
Uch tomonlama memorandumni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu memorandum O‘zbekiston fuqarolarini Germaniyada yuk va avtobus haydovchisi sifatida ishga joylashtirishga ko‘maklashishga qaratilgan.
Shuningdek, tomonlar O‘zbekiston hududlarida SBH West GmbH o‘quv markazlarining filiallarini tashkil etishga kelishib oldilar. Ushbu ta’lim muassasalari Germaniya mehnat bozori talablariga moslashtirilgan kasbiy ta’lim dasturlarini taklif etadi. Bunday markazlarning bitiruvchilari Germaniyada muvaffaqiyatli ishga joylashish uchun zarur ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar.
Erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi O‘zbekiston fuqarolari uchun xalqaro mehnat bozorlarida yangi ish o‘rinlari yaratish imkonini beradi hamda O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida ta’lim, migratsiya va malaka oshirish sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashda muhim qadam bo‘ladi.
Mavzuga oid

09:31 / 03.05.2025
Germaniya TIV Rubio bilan "Germaniya uchun muqobil" bo‘yicha bahsda: Bu - demokratiya

17:01 / 02.05.2025
Germaniyada «Germaniya uchun alternativa» partiyasi ekstremistik deb topildi

21:01 / 01.05.2025
Germaniya shimolidagi portda portlash sodir bo‘ldi

14:57 / 01.05.2025