Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Suriyaga berilgan zarbalarga aloqador emasligini ma'lum qildi
Foto: AFP/ALLISON SHELLEY
AQSh mudofaa vaziri Jyeyms Mettisning ma'lum qilishicha, Amerika armiyasi 30 aprelga o‘tar tunda Suriyaga qarata berilgan zarbalarga aloqador emas. Vazirning so‘zlari RIA «Novosti» tomonidan keltirilgan.
Avvalroq, Xama va Halab viloyatlarida Suriya armiyasining bir nechta harbiy bazalari raketa hujumiga uchragani xabar berilgandi. Suriyalik harbiylarning aniqlik kiritishicha, bazalarga «dushmanlar» raketalari bilan zarbalar berilgan. Ular batafsil ma'lumotni taqdim etishmadi.
«Biz 30 aprelga o‘tar tunda Suriyaga hech qanday zarbalar bermadik», - deya aytib o‘tgan Mettis.
Shuningdek, bundan avval isroillik harbiylar Suriyaga berilgan zarbalarni izohlashdan bosh tortgandi.
Mavzuga oid
15:28
Ukraina, Rossiya va AQSh muzokaralarining yangi raundi Jyenevada o‘tadi
12:44
AQSh sobiq elchisi Medinskiyning muzokaralarga qaytishidan norozi
10:47
Tramp: Zelenskiy “harakat qilishni boshlamasa”, tinchlik imkoniyatini boy beradi
09:41