IIV tomonidan tashkil etilayotgan 750 o‘rinli vaqtinchalik shifoxonaga tibbiyot xodimlari ishga taklif etilmoqda
14 kunlik faoliyati uchun shifokorlarga 25 mln so‘m, hamshiralarga 15 mln so‘m, kichik tibbiyot xodimlari 15 mln so‘m ish haqi berilishi, o‘zining ijobiy ko‘rsatkichlari bilan o‘rnak bo‘lgan xodimlarga ish haqiga qo‘shimcha ravishda 6 foizlik ustama to‘lanishi va'da qilinmoqda.
Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev «O‘zbekiston24» telekanaliga bergan intervyusida 2-3 kun ichida 2000 o‘rinli davolash markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yilishi, jumladan, Mudofaa vazirligi tomonidan 814 o‘rinli, Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan 520 o‘rinli, Ichki ishlar vazirligi tomonidan 750 o‘rinli tez tibbiy yordam ko‘rsatadigan davolash muassasalari ishga tushirilishini ma'lum qilgan edi.
IIV axborot xizmati rahbari Shohruh G‘iyosovning xabar berishicha, Toshkent shahridagi Badiiy gimnastika sport majmuasida (Yunusobod tumani Tor xo‘ja ota ko‘chasi, 2-A uy) tashkil etilgan vaqtinchalik shifoxonaga tibbiyot xodimlari ishga taklif etilmoqda.
Qayd etilishicha, 14 kunlik faoliyati uchun shifokorlarga 25 mln so‘m, hamshiralarga 15 mln so‘m, kichik tibbiyot xodimlariga 15 mln so‘m ish haqi berilishi, o‘zining ijobiy ko‘rsatkichlari bilan o‘rnak bo‘lgan xodimlarga ish haqiga qo‘shimcha ravishda 6 foizlik ustama to‘lanishi va'da qilinmoqda. Ish haqi va ustamalar joyida berilishi aytilmoqda.
Ushbu taklifga qiziqqanlardan 98 115-29-39 raqamiga (Tal'atbek Mamatqulov) qo‘ng‘iroq qilish so‘ralgan.
Mavzuga oid
21:56 / 26.11.2024
Rossiyada 174 ming nafar politsiyachi yetishmayotgani ma’lum bo‘ldi
18:33 / 26.11.2024
“Judayam murakkab savol” - Qo‘chqorov tibbiyot xodimlarining maoshi haqida
18:07 / 24.11.2024
IIV tuzilmasida Doniyor Toshxo‘jayev va yana ikki mansabdor lavozimidan ozod etildi
16:11 / 17.11.2024