Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko Belarus bosh vazirini almashtirdi
Foto: BelTA
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakat hukumatining yangi rahbarini tayinladi. Bu haqda «BelTA» agentligi xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, bosh vazir lavozimini Rivojlanish bankining sobiq rahbari Sergey Rumas egalladi. Bundan avval Vazirlar Mahkamasiga Andrey Kobyakov rahbarlik qilayotgandi. Bundan tashqari bunga qadar vazirlar kengashi apparatida rahbar lavozimida ishlab kelgan Aleksandr Turchin bosh vazirning birinchi o‘rinbosariga aylandi.
Avvalroq, Lukashenko Sanoat hamda Qurilish va arxitektura vazirliklarining rahbarlarini iste'foga chiqarish haqida topshiriq bergandi. Shuningdek, Davlat harbiy sanoat qo‘mitasi raisi va Xavfsizlik kengashi davlat kotibi xizmatga butunlay noloyiq ekani haqida ma'lum qildi.
Mavzuga oid
15:24 / 31.12.2025
Lukashenko 20 nafar siyosiy mahbusni afv etdi
17:30 / 25.12.2025
Amerikaliklar Lukashenkoning samolyotini tuzatib berishgan va ozish uchun dori tavsiya qilishgan
23:50 / 17.12.2025
Lukashenko unga qarshi namoyish yetakchilarini ozod qildi. Nega?
21:24 / 27.11.2025