1 aprel, çorşanba kuni Belarus Qurolli kuçlarining kompleks tekşiruvi yakunlariga bağişlangan yiğilişda sözlagan Aleksandr Lukaşenko, Belarus uruşga tayyorlanayotganini ma’lum qildi. Uning sözlariga köra, mamlakatda “tinç davr degan narsa bölişi mumkin emas”. Bu haqda Lukaşenko matbuot xizmati saytida e’lon qilingan xabarda aytilgan.

Belarus rahbari mazkur tekşiruvni “har qaçongidan ham keng kölamli va qattiqqöl” deb atagan. Uning aytişiça, tekşiruv davomida harbiy bölinmalar ob-havo şaroiti va kunning qaysi vaqti ekanidan qat’i nazar, jang holatiga imkon qadar yaqin şart-şaroitlarda sinovdan ötkazilgan.

“Biz uruşga tayyorgarlik köryapmiz. Qurolli kuçlarni şuning uçun tuzganmiz, şuning uçun ularni saqlayapmiz, xalq ham şunga mablağ ajratyapti. Agar biror kim biz bilan qurol nişoni orqali gaplaşmoqçi va bizga şu tarzda qaramoqçi bölsa, biz javob qaytaramiz. Biz ana şu holatga tayyorgarlik köryapmiz”, — deya Lukaşenkoning sözlarini keltiradi uning matbuot xizmati.

Uning ta’kidlaşiça, uruş yuz bergan taqdirda Belarus qöşinlar sonini 500 ming nafargaça yetkazişi mumkin. Lukaşenko sözlariga köra, tekşiruv çoğida qöyilgan vazifalar darajasi va ularni bajariş sur’ati geosiyosiy vaziyatning jiddiyligi, şuningdek, Belarus çegaralariga yaqin hududlarda yuz berayotgan voqealar va tahdidlar bilan boğliq bölgan. Bundan oldin u Belarusga hujum “uçinçi jahon uruşiga kiriş qismi” bölişidan ogohlantirgan edi.

Aleksandr Lukaşenko va KXDR oliy rahbari Kim Çen In 26 mart kuni Pxenyanda ikki davlat örtasida döstlik va hamkorlik töğrisida şartnoma imzoladi. Bu haqda Şimoliy Koreya davlat axborot agentligi — KCNA xabar berdi.

Lukaşenko matbuot xizmati esa uşbu “fundamental hujjat” imzolanganidan keyin Belarus va Şimoliy Koreya örtasidagi munosabatlar “yangi bosqiçga kötarilayotganini” bildirdi.

Matbuot xizmati bayonotiga köra, KXDR rahbari Belarusga “hamjihatlik va töliq qöllab-quvvatlov” bildirgan hamda Ğarbning Minskka nisbatan “noqonuniy bosimi”ga qarşi çiqqan. Şuningdek, Lukaşenko Belarus va KXDR hukumatlari xalqaro masalalar böyiça “bir xil qaraş”ga ega ekanini aytgan.

Lukaşenko 25 mart kuni Şimoliy Koreyaga birinçi rasmiy taşrif bilan borgan edi. KXDR va Belarus Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşida Moskvaga katta yordam körsatib kelmoqda. Pxenyan Rossiyaga öq-dori va şimoliy koreyalik harbiylarni yubormoqda. Minsk esa 2022 yil fevral oyida Rossiyaga Belarus hududidan Ukrainaga keng kölamli hujum qiliş uçun platsdarm sifatida foydalaniş imkonini bergan va şu yerda Rossiyaning taktik yadroviy qurollarini joylaştirişga rozilik bildirgan.