Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda 5ta obekt YuNeSKO ro‘yxatiga kiritiladi
Madaniy meros obektlarini YuNeSKOning Butunjahon madaniy merosi yodgorliklari ro‘yxatiga kiritish ishlari 2021 yilning aprel oyida to‘liq yakunlanadi.
Prezidentning 2019 yil 12-13 mart kunlari Navoiy viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshirig‘i va kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan 11-sonli yig‘ilish bayonining 107-bandiga muvofiq “Buyuk Ipak Yo‘li”ning Zarafshon-Qoraqum qismida joylashgan “Qosim-Shayx”, “Mirsaid Bahrom”, “Raboti-Malik”, “Sardoba”, “Mavlono Orif Deggaroniy” madaniy meros obektlarini YuNeSKOning Butunjahon madaniy merosi yodgorliklari ro‘yxatiga kiritish vazifasi topshirilgan.


Navoiy viloyati hokimligi xabariga ko‘ra, mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan yuqorida ko‘rsatilgan obektlarni YuNeSKOning Butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha o‘tgan yilning 20 may kuni viloyat turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi va O‘rta Osiyo Xalqaro tadqiqotlar instituti (IICAI) o‘rtasida loyihaning umumiy qiymati 11 00,0 mln. so‘mlik ikki tomonlama shartnoma imzolandi.


Qayd etilishicha, “Qosim-Shayx”, “Mirsaid Bahrom”, “Raboti-Malik”, “Sardoba”, “Mavlono Orif Deggaroniy” madaniy meros obektlarini YuNeSKOning Butunjahon madaniy merosi yodgorliklari ro‘yxatiga kiritish ishlari 2021 yilning aprel oyida to‘liq yakunlanadi.
Mavzuga oid
12:57 / 05.01.2026
Navoiyda avtobus YTHga uchradi. 2 kishi halok bo‘ldi
23:25 / 27.12.2025
Navoiyda noqonuniy tarzda qariyb yarim tonna baliq ovlaganlar ushlandi
14:58 / 17.12.2025
Navoiy IIBda 13 nafar xodimga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi
21:15 / 11.12.2025