Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qurilish vazirligi Toshkentda 110 mingta uy buzilishi boshlangani haqida tarqalgan xabarlarni rad etdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda 110 mingta uy buzilishi boshlangani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.
Foto: Kun.uz
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi ma’lum qilishicha, bu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Ayni kunlarda mamlakatda ko‘p qavatli uy-joy fondining seysmik holatini o‘rganish va baholash ishlari olib borilmoqda. Bu tadbirlar aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida profilaktik tarzda amalga oshirilmoqda.
Qayd etilishicha, hozirda hech qanday rasmiy hujjatlarga ega bo‘lmagan bitta obektda seysmik talablarga mos kelmaslik holati aniqlangan. Fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida ushbu obekt bo‘yicha belgilangan tartibda tegishli chora-tadbirlar ko‘rilgan.
Ayni vaqtda, ommaviy ravishda uy-joylarni buzishga oid hech qanday qaror yoki reja mavjud emas.
"Fuqarolardan ishonchsiz manbalar orqali tarqalayotgan asossiz xabarlarga ishonmaslik va rasmiy ma’lumotlarga tayanish so‘raladi. Yolg‘on axborot tarqatganlik uchun esa qonunchilikda javobgarlik belgilanganini eslatib o‘tamiz", deyiladi vazirlik xabarida.
Mavzuga oid
20:18 / 15.01.2026
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda jamoat transporti harakati sxemasi o‘zgartiriladi
12:08 / 14.01.2026
102 ga qo‘ng‘iroq qilib, “Trampga chora ko‘rishni” so‘ragan fuqaro ma’muriy jazoga tortildi
15:29 / 13.01.2026
Qoraqalpog‘iston va Toshkentda qalbaki dollar o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi
23:15 / 11.01.2026