Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qo‘shma ta'lim dasturlar asosida kadrlar tayyorlash kengaytirildi
Foto: KUN.UZ
O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 8-son bayoni bilan Namangan davlat universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot va Toshkent davlat agrar universitetlariga 2018/2019 o‘quv yili uchun xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan qo‘shma ta'lim dasturlari asosida bakalavr va magistrlar tayyorlash bo‘yicha qo‘shimcha kvotalar belgilandi.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining rasmiy telegram kanali xabariga ko‘ra, Namangan davlat universitetida Rossiya Federatsiyasi Sankt-Peterburg davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikdagi qo‘shma dastur asosida 60 nafar talaba qabul qilinadi.
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Ural davlat iqtisodiyot universiteti bilan hamkorlikda to‘rtta yo‘nalishda 125 nafar, Toshkent davlat agrar universitetida esa Volgograd davlat agrar universiteti bilan birgalikda bitta yo‘nalishda 20 nafar talaba qo‘shimcha qabul qilinadi.
Qo‘shma dasturda belgilangan qabul kvotalarida o‘qish to‘lov-kontrakt asosida bo‘lib, bakalavriat va magistraturaga abituriyentlardan hujjatlar shu yilning 15 sentabrigacha qabul qilinadi.
Kirish imtihonlari oliy ta'lim muassasalari tomonidan shu yilning 17-22 sentabr kunlari o‘tkaziladi.
Imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar uchun o‘qish istisno tariqasida joriy yilning 1 oktabridan boshlanadi.
Qo‘shma dastur doirasida ta'lim oladigan talabalar o‘quv jarayonini bir qismini xorijiy oliy ta'lim muassasasida amalga oshiradi.
Mavzuga oid
20:22 / 07.08.2025
Ta’lim tashkilotlarini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi belgilandi
13:44 / 07.06.2025
AQSh Ta’lim vazirligi Kolumbiya universiteti akkreditatsiyasini bekor qildi
10:52 / 30.05.2025
Ta’lim sohasidagi tadbirkorlar soni oshdi
15:26 / 19.05.2025