Jahon | 15:56 / 29.03.2019
9462
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada 1 aprel kuni yangi era nomi e'lon qilinadi

Foto: EPA-EFE/WILL OLIVER / POOL

Yaponiya hukumati bosh kotibi Yesixide Suga 1 aprel kuni Yaponiyada yangi era nomi e'lon qilinishini ma'lum qildi, deb yozadi The Mainichi nashri.

Shundan so‘ng Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe o‘z bayonotini e'lon qiladi.

Qayd etilishicha, Yaponiyada davr nomi o‘zgarishi muhim voqea sanaladi. Ushbu nomdan tangalar zarb etish, kalendarlar chiqarish, rasmiy hujjatlarda foydalaniladi. Hozirgi era Xeysey – Tinchlik o‘rnatish erasi deb nomlanadi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid