Jahon | 07:45 / 27.10.2022
12988
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada safarbar qilingan shaxsga nisbatan qochish bo‘yicha birinchi ish ochildi

Huquq himoyachisi Pavel Chikov safarbarlik e’lon qilingandan keyin ruxsatsiz armiyani tark etish bo‘yicha birinchi holat haqida xabar berdi. Ish Yoqutiston fuqarosiga qarshi ochilgan.

Foto: TASS

Yoqutistonlik ism-sharifi aytilmagan, safarbar qilingan fuqaroga harbiy qismni ruxsatsiz tark etish ayblovi qo‘yildi. 26 oktyabr, chorshanba kuni «Agora» huquqni muhofaza qilish tashkiloti rahbari Pavel Chikov xabar berishicha, bu Rossiyada bunday ta’qiblarning birinchi holatidir.

Chikov 17 oktyabrda ish qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilingan hujjatga ega ekanini bildirdi. Ulan-Ude shahridagi tergovchi Slepnev qo‘l ostidagilaridan 30 sentabr kuni bir hafta oldin chaqirilgan kichik serjant 46108-qismni ruxsatsiz tark etgani, qo‘mondonlik uni topa olmagani haqida xabar olgan.

Slepnev ishni Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 337-moddasi 3.1-qismi bo‘yicha kvalifikatsiya qildi, qonun chiqaruvchilar safarbarlik e’lon qilinishi arafasida uni qat’iylashtirishga qaror qilgandi. Yoqutistonlik fuqaro armiyani bir oygacha tark etganlikda ayblanmoqda, unga yetti yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.

Pavel Chikovning so‘zlariga ko‘ra, armiyadan qochgan erkak ukrainaliklarni otib tashlashga bormasligini aytgan va jismoniy zo‘ravonlik va jinoiy javobgarlikka tortish tahdidlaridan so‘ng, harbiy qismni panjara teshigi orqali tark etgan. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, 46108-qism – 5-tank brigadasida xizmat qilganlar Ukrainadagi urushda halok bo‘lgan.

21 sentabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin qisman safarbarlik e’lon qildi, unda 300 ming kishi chaqiriladi. Amalda, bu ommaviy bo‘lib chiqdi va Rossiya Federatsiyasining ko‘plab fuqarolariga ta’sir qildi: kimdir ketishga qaror qildi, kimdir yashirinishga harakat qilmoqda, kompaniyalar vaqtinchalik xodimlarni qidira boshladilar. «Vajnyye istorii» surishtiruv loyihasiga ko‘ra, safarbarlikning birinchi oyida 230 mingga yaqin ruslar armiyaga jalb qilingan, yig‘in punktlarida va jangovar zonada 50 dan ortiq kishi halok bo‘lgan.

Mavzuga oid