13 oktyabr, duşanba kuni qonunçilik faoliyati böyiça hukumat komissiyasi Rossiya Mudofaa vazirligining safarbarlik çaqiruvi rezerviga kiritilgan fuqarolarga hatto tinçlik davrida, şu jumladan, mamlakat taşqarisida ham vazifalarni bajarişga çaqirilişiga ruxsat beruvçi taklifini ma’qulladi.
Mudofaa vazirligi tomonidan taklif etilgan qonun loyihasi, xususan, «Mudofaa töğrisida»gi federal qonunga özgartirişlar kiritişni taklif qiladi. Hujjatga köra, qurolli töqnaşuvlar, aksilterror operatsiyalari (KTO) sodir bölganda, Rossiya Qurolli kuçlari Rossiyadan taşqarida qöllangan taqdirda rezervdagilar «maxsus harbiy tayyorgarlik»ka çaqiriladi. Bu haqdagi qaror Rossiya Federatsiyasi prezidenti tomonidan qabul qilinadi, u ham bunday yiğinlarni ötkaziş tartibini belgilaşi mumkin.
Tuşuntiriş xatida aniqlik kiritilişiça, bu Mudofaa vazirligi bilan zaxirada xizmat qiliş uçun şartnoma imzolagan şaxslarga tegişli. Hozirda qonun ularni faqat safarbarlik yoki uruş vaqtida vazifalarni bajariş uçun çaqirişga ruxsat beradi.
Qonun loyihasida rezervçilardan turli şaroitlarda «qöşimça qonunlar qabul qilmasdan» foydalaniş imkonini beruvçi «yetarli darajada keng tuşunçalar» qöllangan, deb yozadi RBK axborot agentligi Davlat dumasi mudofaa qömitasi rahbari Andrey Kartapolovga tayanib. Uning sözlariga köra, bu, ayniqsa, Rossiyadan taşqarida rezervçilardan foydalaniş masalasiga taalluqlidir, çunki «harbiy amaliyotlar olib borilayotgan Sumi va Xarkiv viloyatlari ham de-yure mamlakatdan taşqarida joylaşgan».

















