Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kim Chen In bayonot berdi: yadro va raketa sinovlari to‘xtatiladi
Foto: Reuters
KXDR yetakchisi Kim Chen Inning ma'lum qilishicha, Pxenyan yadro va raketa sinovlarini to‘xtatmoqda, shuningdek yadroviy sinov maydonchasini yopmoqda. Bu haqda «Ryonxap» Koreya markaziy telegraf agentligiga asosan xabar tarqatdi.
Shimoliy Koreya yetakchisi Koreya Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasining yalpi majlisida shunday bayonot bilan chiqdi.
«Shimoliy Koreya 21 apreldan yadroviy sinovlar va qit'alararo ballistik raketalar uchirishni to‘xtatadi», - deyiladi xabarda.
Shuningdek, Kim Chen Inning e'lon qilishicha, hukumat mamlakat shimolidagi yadro poligonini yopadi, bu sinovlarni to‘xtatish borasidagi va'dalar tasdiqlovi sifatida yuz beradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan «yaqin haftalar ichida» uchrashishni rejalashtirayotgani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
12:24 / 18.11.2025
KXDR: Seul uchun suvosti kemalari mintaqada "yadroviy domino"ni keltirib chiqaradi
18:21 / 10.11.2025
Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti KXDRga sheriklikda ayblandi
10:50 / 05.11.2025
Seul: KXDR Rossiyaga yana 5 ming harbiy yubordi
21:08 / 04.11.2025