AQŞ prezidenti Donald Trampning ma'lum qilişiça, KXDR yetakçisi Kim Çen In bilan «yaqin haftalar içida» uçraşişni rejalaştirmoqda. Bu haqda Reuters xabar berdi.

«Men yaqin haftalar içida Kim Çen In bilan uçraşib, Koreya yarim orolini yadroviy qurolsizlantiriş masalasini muhokama qilaman. Umid qilamanki, bu uçraşuv muvaffaqiyatli böladi hamda biz uni kutmoqdamiz», - deya aytib ötdi Tramp.

Eslatib ötamiz, avvalroq Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders AQŞ prezidenti Donald Tramp va KXDR yetakçisi Kim Çen In şaxsan gaplaşmaganini ma'lum qilgandi. «Yetakçi Kim Çen In bilan muzokaralarga keladigan bölsak: prezident ma'muriyat oliy darajada muzokaralar ötkazganini aytdi va ular u bilan töğridan töğri bölmaganini qöşimça qilib ötdi», - deya aytib ötgan Sanders.