KXDR yetakçisi Kim Çen Inning ma'lum qilişiça, Pxenyan yadro va raketa sinovlarini töxtatmoqda, şuningdek yadroviy sinov maydonçasini yopmoqda. Bu haqda «Ryonxap» Koreya markaziy telegraf agentligiga asosan xabar tarqatdi.
Şimoliy Koreya yetakçisi Koreya Mehnat partiyasi Markaziy qömitasining yalpi majlisida şunday bayonot bilan çiqdi.
«Şimoliy Koreya 21 apreldan yadroviy sinovlar va qit'alararo ballistik raketalar uçirişni töxtatadi», - deyiladi xabarda.
Şuningdek, Kim Çen Inning e'lon qilişiça, hukumat mamlakat şimolidagi yadro poligonini yopadi, bu sinovlarni töxtatiş borasidagi va'dalar tasdiqlovi sifatida yuz beradi.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ prezidenti Donald Tramp KXDR yetakçisi Kim Çen In bilan «yaqin haftalar içida» uçraşişni rejalaştirayotgani haqida ma'lum qilgandi.


















