O‘zbekiston | 14:13 / 19.01.2018
28429
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoda innovatsion pillaxona bilan tanishdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrifini Termiz tumanidagi «Inter Silk Pro» qo‘shma korxonasiga qarashli pillaxona bilan tanishishdan boshladi. Bu yerda Xitoy texnologiyasi asosida innovatsion usulda pilla yetishtirilib, qayta ishlash tarmoqlariga yetkazib berilmoqda, deb xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

Shu yerning o‘zida viloyatda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, issiqxonalar, anorzorlar, yong‘oqzorlar, intensiv bog‘ va tokzorlar, kovrak va pista plantatsiyalari, baliqchilik va parrandachilik komplekslari tashkil etish, yer o‘lchashda uchuvchisiz aviatsiya tizimidan foydalanish kabi loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

Davlat rahbari mazkur loyihalar yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

Mavzuga oid