Surxondaryoda neft daryo özaniga oqib ketdi. Bu haqda Suv xöjaligi vazirligi matbuot kotibi Şuhrat Suyunov xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Boysun tumani Kofrun mahallasidan oqib ötuvçi Xangaronsoy soyi oqim böylab çap tomonida neft saqlanadigan vaqtinçalik hovuzlar bölgan.
Uşbu hovuzlar burğilaş çoğida yer yuzasiga çiqqan neft xomaşyosi soyga oqib ketişining oldini oliş maqsadida joriy yil yanvar-fevral oylarida Eriell kompaniyasi tomonidan tuproqdan damba qiliş yöli bilan barpo etilgan. Ularda töplangan neft maxsus texnikalar yordamida taşib ketilgan.
23 aprel kuni Boysun tumanida röy bergan kuçli yoğingarçilik tufayli Xangaronsoy soyida suv köpayib, vaqtinçalik dambalardan sel-toşqin suvlari toşib ötgan. Oqibatda neft aralaşgan suv Bandixon tumani hududidan oqib ötuvçi Bandixonsoyga, u orqali Qumqörğon tumanidan oqib ötuvçi Surxondaryo daryosiga quyilgan.
Şu kunning özida Kofrun mahallasi hududidan oqib ötuvçi Xangaronsoy soyidagi bir neçta hovuz dambalari Eriell kompaniyasi tomonidan tiklangan hamda suvga neft oqib çiqişi töliq bartaraf qilingan.
Qayd etilişiça, Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boşqarmasi va viloyatdagi barça suv xöjaligi taşkilotlari tomonidan sel-toşqin xavfi röy berişi mumkin bölgan hududlarda nazorat kuçaytirilgan.











