Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalari ustidan bojxona nazorati qoidalariga o‘zgartirish kiritiladi
Foto: Dreamstime
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Davlat bojxona qo‘mitasining “Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalari ustidan bojxona nazorati qoidalarining 5.6-bandiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2000 yil 7 fevraldagi 02/20-12-son bilan tasdiqlangan Xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalari ustidan bojxona nazorati qoidalarining 5.6-bandi (Eksport qiluvchilar O‘zbekiston Respublikasining banklaridagi o‘z hisobraqamlariga to‘liq to‘lov kelib tushgandan va ushbu ma'lumotlar Tashqi savdo operatsiyalarning yagona elektron axborot tizimiga kiritilgandan so‘ng, eksport kontraktlari tuzmasdan internet-do‘konlari orqali tovarlar, ishlar va xizmatlar eksport qilish huquqiga egadirlar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno) ikkinchi xatboshi (Bunda 3000 (uch ming) AQSh dollargacha bo‘lgan tovarlar elektron tijorat orqali Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritmasdan va bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirmasdan, pochta xizmatlarini ko‘rsatish qoidalariga muvofiq realizatsiya qilinishi mumkin) quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“Bunda xalqaro to‘lov tizimi orqali to‘langan holda butunjahon Internet tarmog‘i orqali bitta invoys bo‘yicha besh ming AQSh dollarigacha tovar (xizmat)larni eksport qilishda xaridor bilan yozma shartnoma tuzish talab etilmaydi va barcha yuridik va jismoniy shaxslarga Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga axborot kiritmasdan hamda bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirmasdan amalga oshirishga ruxsat etiladi.”.
Qayd etilishicha, mazkur o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishilgan.
Mavzuga oid
08:57
1 trln 145 mlrd so‘mlik tovarlar noqonuniy muomaladan chiqarildi
08:40 / 10.01.2026
6 ta postda transport tekshiruvi sinov tariqasida chegara qo‘shinlariga berildi
19:55 / 25.12.2025
Qanday holatda xorijdan havo tozalagich buyurtma qilinganda bojxonada qo‘shimcha pul to‘lashga to‘g‘ri keladi?
08:53 / 24.12.2025