Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Dardni ichga yutish - depressiyani kuchaytiradi”
Kun.uz jamiyatda suitsid holatlari tahliliga yondasharkan, suhbatda qatnashganlar fikricha, depressiya, o‘z fikrini bildira olmay, tushkunlikka tushish, hayotdagi maqsadlaridan ayrilish - suitsid tomon yurishga sabab bo‘ladi. Ijtimoiy faol Dilrabo Norqulova fikricha, dardni ichga yutish - depressiyani kuchaytiradi.
“Jamiyatimizda ruhiy muammolar haqida gapirishdan qo‘rquv bor. Hammasini ichiga yutishga o‘rganib, moslashib qolganmiz. Ko‘pchilik hanuzgacha “psixologga borish”ni zaiflik, “depressiya”ni esa irodasizlik deb biladi va ichki og‘rig‘ini yashiradi, yordam so‘rashdan tortinadi. Bu esa ruhiy tushkunlik xavfini yanada oshiradi”, — deydi u.
Mutaxassisga ko‘ra, suitsidning ildizi ko‘pincha muammolarni yashirish va uni atrofdagilar eshitmasligida bo‘ladi. Odam iztiroblarini kimgadur aytib yoki san’at orqali to‘kib-sochib, ichidan chiqarib yuborishi kerak. Dardlar to‘planib, chuqur depressiyani hosil qiladi va suitsid xavfini oshiradi.
Intervyuni to‘liq holda Kun.uz’ning YouTube’dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.
Mavzuga oid
20:27 / 08.12.2025
Smartfon tufayli bolalarda depressiya va semizlik rivojlanishi mumkin – tadqiqot
18:47 / 07.10.2025
Depressiya, genetika yoki jamiyat bosimi: odamlarni suitsidga nima undaydi?
20:45 / 10.09.2025
10 sentabr – Jahon suitsidning oldini olish kuni
23:20 / 22.07.2025