Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
GM Uzbekistan 45 daqiqada avtomobil egalarini aniqlaydi
GM Uzbekistan kompaniyasining rasmiy saytida «45 daqiqa ichida avtomobil!» deb nomlangan yangi rukn ochildi.
Ushbu bo‘limda «45 daqiqa ichida avtomobil!» dasturi doirasida savdoga qo‘yilgan avtomobillar ro‘yxati bilan tanishish mumkin. Mijoz avtomobil uchun to‘lov qilgan zahoti uning egasiga aylanadi. Ro‘yxat har kuni yangilanib boradi.
«Mazkur taqsimot asosida, avtomobil sotib olish istagidagi mijozlar shartnoma tuzish uchun dilerlik korxonalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilishlari mumkin», — deyilgan GM Uzbekistan sayti xabarida.
Dastur doirasidagi jadvaldan GM Uzbekistan’dagi barcha dilerlari (avtosalonlari) o‘rin olgan bo‘lib, ularda har bir diler ixtiyorida 45 daqiqa ichida sotib olish mumkin bo‘lgan Matiz, Spark, Nexia 3, Cobalt va Lacetti avtomobillari soni ko‘rsatilgan.

Kompaniya avtomobillar soni chegaralangani haqida qo‘shimcha qilgan.
Agar diler ixtiyorida «45 daqiqada avtomobil!» dasturi doirasida sotiladigan avtomobillar qolmagan bo‘lsa, mijoz keyingi oylar taqsimoti hisobidan beriladigan avtomobil uchun elektron buyurtmani rasmiylashtirishi mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
16:30 / 08.11.2019
«Har qanday imtiyoz muddatli bo‘lishi kerak» - Qo‘mita mutasaddisi GM’ga berilgan imtiyozlar haqida
19:00 / 24.09.2019
«O‘zavtosanoat» maqsadi 100 ming avtomobil eksport qilish – Shavkat Umurzoqov
17:36 / 24.09.2019
UzAuto yangi modellari GM bilan bir xil vaqtda ishlab chiqiladi – Shavkat Umurzoqov
09:20 / 03.07.2019