Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada urush faxriysi tankda Tesla avtomobilini pachaqladi
Ikkinchi jahon urushining 98 yoshli faxriysiga ko‘ra, Ilon Mask Yevropada o‘ta o‘ngchilarni qo‘llab-quvvatlaydi, bunga esa pulni avtomobil savdosidan oladi.
Britaniyalik Ikkinchi jahon urushi faxriysi 98 yoshli Ken Tyorner «Sherman» tankiga o‘tirib, Tesla avtomobilini pachaqladi — bu tankdan urush vaqtida mamlakat armiyasi tomonidan foydalanilgan.
Britaniyalikning hisoblashicha, Ilon Mask Yevropada o‘ta o‘ngchilarni qo‘llab-quvvatlaydi, bunga esa pulni avtomobil savdosidan oladi.
Shu orqali ushbu «tomosha» — AQSh prezidentiga yaqin bo‘lgan milliarderning siyosiy pozitsiyasiga qarshi o‘ziga xos norozilik harakati hisoblanadi.
Fevral oyida Germaniya sobiq kansleri Olaf Shols AQSh hukumati samaradorligi departamenti (DOGE) rahbari milliarder Ilon Maskning Germaniyadagi saylov kampaniyasiga aralashuvini tanqid qilgandi. «Demokratiya — Ilon Maskdan kuchliroq», deya ta’kidlagan Shols. U DOGE rahbari «Yevropada – nafaqat Germaniyada, balki boshqa ko‘plab mamlakatlarda ham o‘ta o‘ng partiyalarni saylashga chaqirayotganidan» xavotirda ekanini bildirgan edi.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Tesla 2025 yilning birinchi choragida daromadlar tushib ketgani to‘g‘risida hisobot bergan. Kompaniyaga ko‘ra, joriy yilning dastlabki uch oyida Tesla 409 million dollar ishlab topgan — bu 2024 yilning mos davriga nisbatan 71 foizga kam. Shu bilan birga, Maskning Hukumat samaradorligi departamenti rahbari lavozimida faoliyat yuritayotgani ham kompaniya savdolariga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini bildirgan.
Mavzuga oid
09:38 / 19.01.2026
2025 yilda o‘ta boy odamlarning boyligi yangi rekordga yetdi
13:58 / 03.01.2026
BYD sotuvlar hajmi bo‘yicha Tesla'dan o‘zib ketdi
20:18 / 26.12.2025
IT sohasidagi top-10 milliarderning boyligi sun’iy intellekt tufayli keskin oshdi
23:59 / 20.12.2025