Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zsuvta'minot» bo‘yicha hukumat qarori qabul qilinadi
“O‘zsuvta'minot” aksiyadorlik jamiyatining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari qabul qilinadi
Foto: UNIAN
Vazirlar Mahkamasining “O‘zsuvta'minot” aksiyadorlik jamiyatining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
Qayd etilishicha, prezidentning “Aholining ichimlik suvi bilan ta'minlanganlik darajasini oshirish va uning sifatini yaxshilash uchun O‘zbekiston Respublikasining suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019 yil 26 noyabrdagi PF-5883-son farmoniga muvofiq “O‘zsuvta'minot” aksiyadorlik jamiyati tashkil etilgan.
“O‘zsuvta'minot” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi vazifasini bajarish uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining birinchi o‘rinbosari Sohib Saifnazarovga yuklatiladi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “O‘zsuvta'minot” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari umumiy yig‘ilishining navbatdan tashqari majlisida Tohir Haydarovning nomzodini “O‘zsuvta'minot” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlash masalalarini ko‘rib chiqadi.
Quyidagilar “O‘zsuvta'minot” aksiyadorlik jamiyatining asosiy vazifalari etib belgilanadi:
suv ta'minoti va kanalizatsiya xizmatlari bo‘yicha yagona buyurtmachisi vazifasini amalga oshirish;
suv ta'minoti va kanalizatsiya xizmatlari uchun to‘lovlarning to‘liqligi va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta'minlash;
aholining, ayniqsa qishloq joylardagi aholining toza ichimlik suvi bilan ta'minlanishini yaxshilash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
suv ta'minoti va kanalizatsiya sohasida hisobga olish hamda monitoring qilishni ta'minlaydigan zamonaviy axborot va resurs tejovchi texnologiyalarni joriy etish, respublikadagi barcha iste'molchilarni ichimlik suvini hisobga oluvchi zamonaviy asboblar bilan jihozlash;
suv olish, kanalizatsiya inshootlari hamda suv tarmoqlarining yangilarini qurish, mavjudlarini qayta tiklash va rekonstruksiya qilish;
suv ta'minoti va kanalizatsiya korxonalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy uskunalar, mashinalar, mexanizmlar, ta'mirlash-foydalanish va o‘lchov texnikasi bilan jihozlash;
belgilangan talablarga muvofiq suvning sifatli bo‘lishini ta'minlash, ishlab chiqarish jarayoniga energiya hamda suvni tejaydigan texnologiyalar va uskunalarni tatbiq etish;
suv ta'minoti va kanalizatsiya korxonalarining moliyaviy-iqtisodiy barqarorligini ta'minlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ular tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarga narx shakllantirish tartibini takomillashtirish;
suv ta'minoti va kanalizatsiya sohasi mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish.
Belgilanishicha, “O‘zsuvta'minot” aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy faoliyatini shakllantirish quyidagi manbalar hisobidan amalga oshiriladi:
Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasining Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasiga kelib tushayotgan ichimlik suv ta'minoti va kanalizatsiya xizmatlari tariflariga belgilanadigan maxsus ustamalarning 40 foizi;
respublika iste'molchilariga suv ta'minoti va kanalizatsiya xizmatlari ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘larning 3 foizi;
xususiy tashabbuskorga davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishda ko‘rsatiladigan konsultantlik xizmatlari uchun umumiy loyiha qiymatining 1 foiz miqdordagi mablag‘lar;
suv ta'minoti va kanalizatsiya xizmatini rivojlantirishga jalb etiladigan kreditlar, shu jumladan xalqaro moliya institutlari va xalqaro donorlarning grantlari hamda xayriya mablag‘lari;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa daromadlar.
Mavzuga oid
18:34 / 26.04.2026
“Dacha”larning elektron bazasini yaratish va ijara narxlarini nazorat qilish rejalashtirilmoqda
09:35 / 01.04.2026
Mobil tariflarga yangi talablar joriy etilishi mumkin
08:11 / 18.03.2026
Bitiruvchilar uchun 3 yil ishlab berish talabi bekor qilinishi mumkin
11:59 / 17.12.2025