Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim o‘simlik va meva urug‘lari yog‘larini eksport qilish bo‘yicha cheklovlar bekor qilindi
Tadbirkorlarga o‘zlari import qilgan o‘simlik yog‘lari hamda moyli ekinlar (paxta, kungaboqar va soya) urug‘larini qayta ishlashdan olingan o‘simlik yog‘larini belgilangan miqdorlarda eksport qilishga ruxsat beriladi.
Vazirlar Mahkamasining “Moyli urug‘larni qayta ishlovchi korxonalarning eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjatga ko‘ra, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga ularning tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, o‘zlari import qilgan o‘simlik yog‘lari hamda moyli ekinlar (paxta, kungaboqar va soya) urug‘larini qayta ishlashdan olingan o‘simlik yog‘larini belgilangan miqdorlarda eksport qilishga ruxsat beriladi.

Shuningdek, kungaboqar va paxta yog‘i hamda aralash yog‘lardan tashqari boshqa o‘simlik va meva urug‘lari yog‘larini O‘zbekiston hududidan tashqariga olib chiqish (eksport qilish) bo‘yicha cheklovlar bekor qilindi.
Mavzuga oid
12:10 / 20.01.2026
Shokolad mahsulotlari eksporti qariyb 30 foizga oshdi
10:32 / 20.01.2026
O‘zbekiston limon eksportini oshirdi: asosiy xaridorlar Qozog‘iston va Rossiya
10:41 / 16.01.2026
O‘zbekiston olmasi eksportida asosiy ulush ikki davlat hissasiga to‘g‘ri keldi
12:34 / 15.01.2026