Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, ötgan yilning yanvar–noyabr oylarida Özbekiston tomonidan 25,5 ming tonna olma eksport qilinib, eksport qiymati 13,2 mln AQŞ dollarini taşkil etgan. Ta’kidlanişiça, uşbu mahsulot 11 ta davlatga yetkazib berilgan.

Mazkur davrda Özbekiston eng köp olma eksport qilgan davlatlar quyidagilar:

  • Qozoğiston — 12,2 ming tonna;
  • Rossiya — 11,3 ming tonna;
  • Qirğiziston — 1,3 ming tonna;
  • Iroq — 204 tonna;
  • Turkmaniston — 167,4 tonna;
  • boşqa davlatlar — 283,5 tonna.

Ma’lumotlarga köra, eksport hajmida Qozoğiston va Rossiya asosiy uluşni taşkil etgan.