Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya bo‘ylab ommaviy dronlar hujumi: Moskvada 3 kishi halok bo‘ldi
17 mayga o‘tar kechasi Moskva regioni keng ko‘lamli dronlar hujumiga uchradi. Kamida uch kishi halok bo‘ldi va turar joy binolariga zarar yetdi. Rossiya regionlari bo‘ylab Ukrainaning 556 ta droni urib tushirilgan.
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Rossiya mudofaa vazirligi 16 maydan 17 mayga o‘tar kechasi butun mamlakat bo‘ylab Ukrainaning 556 ta droni urib tushirilganini ma’lum qildi. BBC nashriga ko‘ra, vazirlik hududlar kesimidagi aniq raqamlarni keltirmagan.
Moment a Ukrainian drone crashes into a residential building in Moscow. https://t.co/vEcAt6Pf5M pic.twitter.com/q0ZEdHpV2R
— Woofers (@NotWoofers) May 17, 2026
Biroq dronlar quyidagi hududlarda urib tushirilganiga aniqlik kiritgan:
- Moskva regioni;
- Belgorod, Kaluga, Kursk, Oryol, Bryansk, Voronej, Tula, Smolensk, Pskov, Lipetsk, Tver va Rostov viloyatlari;
- Krasnodar o‘lkasi.
Shuningdek, ushbu raqamga anneksiya qilingan Qrim hamda Qora va Azov dengizlari akvatoriyalari ham kiritilgan, deyiladi hisobotda.
Dneprdagi hujumda 3 kishi jabrlandi
Dnepropetrovsk viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Aleksandr Ganja viloyat markazi Rossiya qo‘shinlarining tungi hujumiga uchraganini ma’lum qildi. U qo‘llanilgan qurol turiga aniqlik kiritmagan.

Ganjaning yozishicha, Dneprda bir ayol — u og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan — va ikki erkak kishi jabrlangan. Postga vayronagarchiliklarning bir nechta fotosuratlari ilova qilingan.
Moskva regionidagi hujumlar halokatli bo‘ldi
Moskva viloyati gubernatori Aleksey Vorobyov poytaxt yaqin atrofidagi hududlarida uch kishi halok bo‘lganini yozdi.
Vorobyovning yozishicha, Ximkida dron xususiy uyga kelib urilgan, buning oqibatida bir ayol halok bo‘lgan, yana bir kishi vayronalar ostida qolmoqda. Mitishi yaqinidagi Pogorelki qishlog‘ida ikki erkak halok bo‘ldi, deya qo‘shimcha qildi u.

Bundan tashqari, dronlar Krasnogorsk va Istradagi ko‘p kvartirali hamda xususiy uylarga zarar yetkazgan; uch erkak va bir ayol jarohatlangan.
Moskva shahar meri Sergey Sobyanin esa regionga qilingan dronlar hujumi natijasida 12 kishi yaralanganini ma’lum qildi.
Moscow under drone attack.
— Kiborgz (@Kiborgzzz) May 17, 2026
At least 64 drones reported.
Temporary restrictions on departures and arrivals have been imposed at Sheremetevo, Vnukovo, Domodedovo, and Zhukovsky airports.
Air defence working...#Ukraine #UkraineruSSiaWar #ruSSia https://t.co/eJ1gbphwLg pic.twitter.com/E6ja13q8NJ
«Uchuvchisiz uchish apparatlari kelib urilishi natijasida, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘n ikki kishi yaralandi. Asosan Moskva Neftni qayta ishlash zavodi nazorat-o‘tish joyi yaqinida quruvchilar smenasi jabrlandi. Zavodning texnologik jarayoni buzilmagan. Uchta uy shikastlangan», dedi Sobyanin.

Sobyaninning so‘zlariga ko‘ra, oxirgi sutka ichida poytaxt uzra 120 dan ortiq dron urib tushirilgan.
«Sheremetevo» aeroportiga dron bo‘laklari tushdi
Moskva «Sheremetevo» xalqaro aeroporti o‘z hududiga dron bo‘laklari tushganini xabar qildi. Aeroportning Telegram-kanalida bo‘laklar tushgan aniq vaqt ko‘rsatilgan — 17 may Moskva vaqti bilan soat 04:21.
«Rosaviatsiya» bundan bir soat oldin «Sheremetevo»da parvozlarga cheklov joriy etilgani haqida ma’lum qilgan edi; ushbu cheklovlar to‘rt soatdan ortiq davom etdi.
«Bo‘laklar yo‘lovchilarga va havo kemalariga xizmat ko‘rsatish zonalaridan xavfsiz masofada joylashgan. Voqea joyida tezkor xizmatlar ishlamoqda, zarur xavfsizlik choralari ta’minlanmoqda. Aeroport hududida jabrlanganlar va vayronagarchiliklar yo‘q», deya ta’kidlanadi «Sheremetevo» xabarida.
⚡🇺🇦🇷🇺 Drone Clash Over Moscow: Air Defenses Intercept Multiple Targets
— Defence Index (@Defence_Index) May 17, 2026
Video circulating online shows Russian air defense systems engaging several Ukrainian drones in northwest Moscow. pic.twitter.com/1UA6zfcF1M
Urush sharoitida tomonlar rasmiylarining bayonotlarini zudlik bilan tekshirishning imkoni yo‘q. Ukraina tomoni hozircha Moskva va unga tutash hududga qilingan dronlar hujumi bo‘yicha bayonot bermadi.
Moskvada axborot tarqatishga cheklovlar
Ushbu hujumlar Rossiya dron zarbalari oqibatlarini yoritishga nisbatan yangi cheklovlar joriy qilganidan bir necha kun o‘tib yuz berdi.
Rossiya ko‘plab regionlari qatori poytaxt Moskvada ham o‘rnatilgan cheklovlarga ko‘ra, rasmiy ruxsatsiz fotosuratlar, videolar yoki tafsilotlarni nashr etish taqiqlanadi.
Qoidabuzarlarni quyidagi miqdordagi jarimalar kutmoqda:
- Jismoniy shaxslar uchun: 3 000 dan 5 000 rublgacha ($38–$64);
- Mansabdor shaxslar uchun: 50 000 rublgacha ($640);
- Yuridik shaxslar uchun: 200 000 rublgacha ($2,500).
Mavzuga oid
09:20
Axios: Kuba Rossiya va Erondan jangovar dronlar sotib olgan
09:34 / 16.05.2026
Eron Rossiyaga uran topshirish bo‘yicha muzokaralarni tasdiqladi
08:43 / 16.05.2026
Putin Dnestrbo‘yi aholisi uchun Rossiya fuqaroligini olishni yengillashtirdi
08:42 / 15.05.2026