Jamiyat | 10:54 / 16.05.2021
4559
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryolik o‘quvchi birdan 16 ta xalqaro OTM talabasi bo‘ldi

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar 44-maktab o‘quvchisi Shuhrat Yuldoshev birdaniga 16 ta xalqaro oliy o‘quv yurtiga o‘qishga qabul qilindi. Bu haqda Kun.uz muxbiriga viloyat xalq ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Javohir Rustamov xabar berdi.

Axborot xizmatining bergan ma'lumotiga qaraganda, Shuhrat Yo‘ldoshev ingliz va rus tillarida bemalol gapira oladi. O‘qishga qabul qilingan universitetlar orasida Malayziyaning OTMiga 100 foiz va Shveytsariyaning nufuzli universitetiga 2200 AQSh dollarlik grant yutgan.

Shuhrat Yo‘ldoshev maktabni bitirmasidan ko‘plab universitetlar talabasi bo‘lgan birinchi o‘quvchi emas. Bundan oldinroq denovlik maktab o‘quvchisi Chehrona Xudoyqulova birdan 14 ta xorijiy OTM talabasi bo‘lgandi.

Mavzuga oid