Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
Ular shahar markazidagi Mustaqillik shohko‘chasida quvlashmachoq o‘ynab, tezlikni 100 km/soatgacha oshirgan. YHXB holat bo‘yicha bayonot berdi, lekin xodimning ham, mototsiklchining ham qilmishini qoralagani yo‘q.
Toshkent shahrida YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi.
Motosiklchi qiz ushbu poyga aks etgan videoni 11 iyul kuni Instagram'dagi sahifasiga joylashtirgan. Videoda ko‘rinishicha, holat poytaxt markazidagi Mustaqillik shohko‘chasida yuz bergan.
Motosiklchining tablosiga qaralsa, ikkala tomon ham soatiga 100 km tezlikda harakatlangani ko‘rinadi.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati boshlig‘i Qahramon Xudoyberganov munosabat bildirdi. Uning ta’kidlashicha, mototsikl haydovchisining hujjatlarida kamchilik bo‘lgan. Haydovchi ayol kishi bo‘lganligi uchun uning o‘zi mototsiklni jarima maydoniga haydab olib borgani, keyin esa YPX inspektori tomonidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgani aytilgan.
Ammo Xudoyberganov YPX xodimining xizmat mashinasida poytaxtning markaziy ko‘chasida katta tezlikda harakatlanib, mototsiklchi bilan poyga o‘ynaganiga izoh bermagan.
Mavzuga oid
15:29
Qoraqalpog‘iston va Toshkentda qalbaki dollar o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi
23:15 / 11.01.2026
12 yanvar kuni Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda transport harakati vaqtinchalik cheklanadi
18:27 / 10.01.2026
Toshkentda kattalar uchun hospis ochiladi
13:53 / 10.01.2026