Sport | 10:09 / 02.04.2018
20766
2 daqiqa o‘qiladi

Toni Fergyuson uzr so‘radi

Foto: UFC

Aralash yo‘nalish (UFC) bo‘yicha amerikalik jangchi Toni Fergyuson Habib Nurmagomedovga qarshi 7 aprel kuni UFC 223 musobaqasi doirasida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan jang bekor qilingani uchun uzr so‘radi.

«Men qanday darajada afsusda ekanim hamda g‘azablanayotganimni so‘z bilan ifoda etolmayman. 30 mart kuni UFC oldidagi media majburiyatlarimni bajardim, hamda studiyada bo‘lib turganimda men bilan ma'lum bir hodisa yuz berdi, shu sababdan tizzamdan jarohat oldim.

Mening shifokorim va UFC shifokori jangga chiqa olmasligimni aytdi, ulardan biri esa jarrohlik amaliyoti kerakligini ma'lum qildi. Shuning uchun hozir mutaxassislar bilan gaplashishim va o‘z kamarimni tezroq himoya qilishim uchun qanday harakatlarni amalga oshirishimni aniqlashim kerak», - deya yozgan Fergyuson tvitterdagi sahifasida.

Shuningdek, u uzr ham so‘ragan.

«Barcha ishqibozlar, UFC, do‘stlarim, murabbiylar va, eng asosiysi, oilam oldida uzr so‘ramoqchiman», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi jangchi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nurmagomedov va Fergyuson jangi bekor qilingani xabar berilgandi.

Mavzuga oid