Mutlaq jangçilar çempionati (UFC) prezidenti Dena Uaytning xabar berişiça, amerikalik Toni Fergyuson jarohat oldi. Şuningdek uning bildirişiça, uning rossiyalik Habib Nurmagomedov bilan 7 aprelga rejalaştirilgan jangi bekor qilindi.
Uaytning sözlariga köra, tizzasidan jarohat olgan Fergyusonni taşkilotning yarim yengil vazn toifasidagi (66 kilogrammgaça) çempioni Maks Hollouey almaştiradi. Bu haqda Uayt instagramdagi sahifasida xabar bergan.
Ta'kidlanişiça, jang 7 aprel kuni UFC 223 musobaqasida bölib ötadi va kamar uçun keçadi.
Ma'lumot uçun, Fergyuson hamda Nurmagomedovning jangi törtinçi marta bekor qilindi.












