Jamiyat | 17:11 / 26.07.2017
22522
2 daqiqa o‘qiladi

EVOS Andijon shahrida 17 metrlik lavash tayyorladi

Andijon ahli orziqib kutgan 17 metrlik bahaybat lavash mashhur EVOS Fast Food ovqatlanish shoxobchasida tayyorlandi.

EVOS’ga kelgan minglab mehmonlarning ko‘z o‘ngida 17.5 metrlik lavash hamiri uzun stolga yoyilib, 35 nafar mohir oshpazlar zimmasiga 17 metrlik lavash tayyorlash vazifasi qo‘yildi. Oshpaz yigitlar bu bahaybat taomni mohirlik va tezlik bilan uddasidan chiqishdi.

Dastavval, 10 kilo go‘sht pishirilib, lavashga terildi. Ustidan 10 litr maxsus sous, 8 kg pomidor, 6 kg bodring va boshqa kerakli mahsulotlar solindi. Lavash 10 daqiqada tayyor bo‘ldi. 

Barcha mehmonlar lavashning totli ta'midan bahramand bo‘lishdi. 

Shaddod boshlovchi, quvnoq bahaybat ayiqlar, qiziqarli tanlovlar va, albatta, EVOS savdo belgisidan maxsus sovg‘alar kelgan mehmonlarga juda manzur bo‘ldi! 

Bunday olamshumul voqea Andijon ahli uchun katta shodiyonaga aylandi!

Feysbuk: https://www.facebook.com/evos.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/evosuzbekistan/
Telegram: https://t.me/evosuzbekistan

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid