Otabek Sattoriy ishi Oliy sudda ko‘rib chiqildi
O‘zbekiston Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati Otabek Sattoriyga oid jinoyat ishini kassatsiya tartibida ko‘rib chiqdi. Blogerga nisbatan chiqarilgan avvalgi hukm o‘zgarishsiz qoldirildi.
Oliy sudning 2022 yil 5 apreldagi ajrimi bilan Otabek Sattoriyga nisbatan chiqarilgan JIB Muzrabot tuman sudining 2021 yil 10 maydagi hukmi hamda Samarqand viloyat sudi JIB sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasining 2021 yil 15 iyuldagi ajrimi o‘zgarishsiz, shikoyat qanoatlantirilmasdan qoldirildi.
Eslatib o‘tamiz, jinoyat ishlari bo‘yicha Muzrabot tuman sudining 2021 yil 10 maydagi hukmiga ko‘ra, O. Sattoriy Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) 3-qismi «a», «g» bandlari va 165-moddasi (tovlamachilik) 3-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasi (yengilroq jazo tayinlash) qo‘llab, 59-moddasi (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) va 61-moddasi (jazolarni qo‘shishning hisoblash qoidalari)ga asosan tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil 6 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangandi.
Samarqand viloyat sudining JIB apellyatsiya sudlov hay’ati tomonidan 2021 yil 15 iyulda qabul qilingan sud ajrimi bilan jinoyat ishlari bo‘yicha Muzrabot tuman sudining 2021 yil 10 maydagi Otabek Sattoriyga nisbatan chiqarilgan hukm qisman o‘zgartirilib, sud hukmining 2020 yil 2 iyul kuni «Termiz Eko Ekspress loyiha» MChJ rahbari bilan O.Sattoriy o‘rtasida tuzilgan Termiz shahri Ma’rifat mahallasi 6-uyda joylashgan 42-raqamli kvartira hamda 44-raqamli kvartiraning oldi-sotdi shartnomasini haqiqiy emas deb topish hamda MChJ rahbari T.Shopulatovdan sudlanuvchi O. Sattoriy foydasiga 234 million 835 ming so‘mni undirish qismi bekor qilingandi. Blogerga tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosi esa o‘zgarishsiz qoldirilgandi.
Mavzuga oid
19:12 / 31.10.2024
“Xalqimizning soddaligi sabab bo‘lmoqda”- Toshkent shahar sudi raisi Panorama Airways ishiga to‘xtaldi
14:10 / 31.10.2024
Sudgacha sanatsiya qilish jarayonida davlat tomonidan yordam ko‘rsatiladi
19:20 / 21.10.2024
Toshkentda sudyalar uchun Germaniya va Sloveniya tashkilotlari hamkorligida seminar-trening boshlandi
18:06 / 17.10.2024