Jamiyat | 12:18 / 05.03.2020
11972
2 daqiqa o‘qiladi

Yozuvchi Isajon Sulton vazir maslahatchisi etib tayinlandi

Isajon Sultonov O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirining Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi, deb xabar bermoqda Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati.

Sultonov Isajon Abduraimovich 1967 yilda Farg‘ona viloyati, Rishton tumanida tug‘ilgan.

“Boqiy darbadar”, “Ozod”, “Genetik”, “Bilga Xoqon” romanlari, “Munojot”, “Onaizorim”, “Robiya Balxiy” kabi qissalar va turli mavzudagi hikoyalar muallifi. Asarlari ingliz, turk, nemis, rus tillariga tarjima qilingan. “Boqiy darbadar” romani “The Eternal Wanderer” nomi bilan AQShda, “Bog‘i Eram” hikoyalar to‘plami Turkiyada nashr qilingan. Asarlari “Vatan uchun yashaylik“ (O‘zbekiston), “Lexicon” (AQSh), “Guncel Sanat” (Turkiya) va “Open Eurasia” (Angliya) xalqaro tanlovlari g‘olibi deb topilgan.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi (1996), “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” (2014) Isajon Sulton Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti Atamalar komissiyasi a'zosi hisoblanadi.

Mavzuga oid