Iqtisodiyot | 13:08 / 26.11.2025
6740
7 daqiqa o‘qiladi

​​​​​​​2026 yil uchun davlat budjeti: qaysi tashkilotga qancha pul ajratiladi?

​​​​​​​2026 yilda yalpi ichki mahsulot o‘sishi 6,6 foiz, inflatsiya darajasi 7 foiz atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Taqchillik chegarasi – 51,6 trln so‘m yoki YaIMga nisbatan 3 foiz. Davlat tashqi qarzining cheklangan miqdori – 5 mlrd dollar. Shundan 2,5 mlrd dollar davlat budjetini qo‘llab-quvvatlashga, 2,5 mlrd dollar investitsiya loyihalariga yo‘naltiriladi.

Foto: Shutterstock

«2026 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Qonun loyihasiga ko‘ra, konsolidatsiyalashgan budjet daromadlari 515,3 trln so‘m, xarajatlari esa 566,9 trln so‘m miqdorida belgilangan. Taqchillik chegarasi – 51,6 trln so‘m yoki YaIMga nisbatan 3 foiz.

2026 yilda olinadigan davlat tashqi qarzining cheklangan miqdori – 5 mlrd dollar. Shundan 2,5 milliardi davlat budjetini qo‘llab-quvvatlashga, 2,5 milliardi investitsiya loyihalariga yo‘naltiriladi. O‘zbekiston Respublikasi nomidan 30 trln so‘mlik davlat qimmatli qog‘ozlari chiqarilishi ko‘zda tutilmoqda.

2026 yilda yalpi ichki mahsulot 1 kvadrillion 976 trillion so‘mdan oshishi kutilmoqda. YaIM o‘sishi 2025 yilda 7 foiz, 2026 yilda 6,6 foiz, 2027 yilda 6,8 foiz, 2028 yilda 6,9 foiz bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Hujjatga ko‘ra, 2026 yilda inflatsiya darajasi 7 foiz atrofida shakllanishi mo‘ljal qilinmoqda.

Davlat tashkilotlariga ajratiladigan mablag‘ning cheklangan miqdorlari quyidagicha bo‘ladi:

  • Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi — 63,69 trln so‘m (2025 yilda - 59,5 trln so‘m)
  • Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi — 6,36 trln so‘m (6,6 trln so‘m)
  • Sog‘liqni saqlash vazirligi — 6,80 trln so‘m (5,1 trln so‘m);
  • Madaniyat vazirligi — 1,28 trln so‘m (1,17 trln so‘m);
  • Sport vazirligi — 1,22 trln so‘m (1,13 trln so‘m);
  • Qurilish vazirligi — 2,23 trln so‘m (1,99 trln so‘m);
  • Qishloq xo‘jaligi vazirligi — 2,27 trln so‘m (1,79 trln so‘m);
  • Suv xo‘jaligi vazirligi — 10,36 trln so‘m (10,4 trln so‘m);
  • Energetika vazirligi — 110 mlrd so‘m (123 mlrd so‘m);
  • Transport vazirligi — 7,3 trln so‘m (6,7 trln so‘m);
  • Ekologiya vazirligi — 1,10 trln so‘m (927 mlrd so‘m);
  • Geologiya vazirligi — 838 mlrd so‘m (1 trln so‘m);
  • Raqobat qo‘mitasi — 13,5 mlrd so‘m (12,6 mlrd so‘m);
  • Davlat aktivlarini boshqarish agentligi — 13,1 mlrd so‘m (12,1 mlrd so‘m);
  • Bandlik vazirligi — 582,8 mlrd so‘m (733 mlrd so‘m);
  • Milliy statistika qo‘mitasi — 346,4 mlrd so‘m (238,8 mlrd so‘m);
  • Tashqi ishlar vazirligi — 1,12 trln so‘m (1 trln so‘m);
  • Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi — 1,62 trln so‘m (1,11 trln so‘m);
  • Raqamli texnologiyalar vazirligi — 528 mlrd so‘m (532 mlrd so‘m);
  • Adliya vazirligi — 350 mlrd so‘m (322 mlrd so‘m);
  • Iqtisodiyot va moliya vazirligi — 105,9 trln so‘m (95,9 trln so‘m);
  • Soliq qo‘mitasi — 176,7 mlrd so‘m (169,4 mlrd so‘m);
  • Vazirlar Mahkamasi — 2,59 trln so‘m (2,18 trln so‘m);
  • Prezident administratsiyasi — 3,05 trln so‘m (1,67 trln so‘m);
  • Senat — 128,1 mlrd so‘m (127 mlrd so‘m);
  • Qonunchilik palatasi — 229,3 mlrd so‘m (178,9 mlrd so‘m);
  • Ombudsman — 24,5 mlrd so‘m (18,6 mlrd so‘m);
  • Bosh prokuratura — 3 trln so‘m (2,7 trln so‘m);
  • Oliy sud — 1,99 trln so‘m (1,8 trln so‘m);
  • Konstitutsiyaviy sud — 13,2 mlrd so‘m (12,9 mlrd so‘m);
  • Sudyalar oliy kengashi — 58,7 mlrd so‘m (53,7 mlrd so‘m);
  • Markaziy saylov komissiyasi — 31,98 mlrd so‘m (29,4 mlrd so‘m);
  • MTRK — 887,6 mlrd so‘m (881,4 mlrd so‘m);
  • O‘zA — 44 mlrd so‘m (40,7 mlrd so‘m);
  • Ma’naviyat va ma’rifat markazi — 78,2 mlrd so‘m (75,4 mlrd so‘m);
  • Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz — 17,45 mlrd so‘m (16,1 mlrd so‘m);
  • Kasaba uyushmalari federatsiyasi — 400 mlrd so‘m (350 mlrd so‘m);
  • Fanlar akademiyasi — 534,3 mlrd so‘m (446,8 mlrd so‘m);
  • Badiiy akademiya — 249,8 mlrd so‘m (160,4 mlrd so‘m);
  • Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi — 35,7 mlrd so‘m (33,2 mlrd so‘m);
  • Hisob palatasi — 136,9 mlrd so‘m (116 mlrd so‘m);
  • Boshqaruv samaradorligi agentligi — 93,2 mlrd so‘m (53,7 mlrd so‘m);
  • Strategik islohotlar agentligi — 27,1 mlrd so‘m (20,3 mlrd so‘m);
  • Bolalar ombudsmani — 3,57 mlrd so‘m (3,5 mlrd so‘m);
  • “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi — 910 mln so‘m (910 mln so‘m);
  • Bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi — 11,7 mlrd so‘m;
  • Milliy antidoping agentligi — 9,27 mlrd so‘m
  • Din ishlari qo‘mitasi — 172,6 mlrd so‘m (163,7 mlrd so‘m);
  • Madaniy meros agentligi — 251,3 mlrd so‘m (177,3 mlrd so‘m);
  • Ijtimoiy himoya milliy agentligi — 22,42 trln so‘m (21,14 trln so‘m);
  • Fuqarolik jamiyatini qo‘llab-quvvatlash fondi — 1,44 trln so‘m;
  • Yoshlar ishlari agentligi — 507,6 mlrd so‘m (456 mlrd so‘m);
  • Texnik jihatdan tartibga solish agentligi — 166,7 mlrd so‘m (105,7 mlrd so‘m);
  • Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi — 64,3 mlrd so‘m (95,7 mlrd so‘m);
  • Sanoat xavfsizligi qo‘mitasi — 57,2 mlrd so‘m;
  • Atom energiyasi agentligi — 46,3 mlrd so‘m;
  • Energetika bozori agentligi — 3 mlrd so‘m;
  • O‘zenergoinspeksiya — 28,9 mlrd so‘m;
  • Agroinspeksiya — 8,72 mlrd so‘m (9,3 mlrd so‘m);
  • Migratsiya agentligi — 50 mlrd so‘m;
  • Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi — 10 mlrd so‘m;
  • Energiya samaradorligi agentligi — 709,8 mlrd so‘m;
  • Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi — 7,23 mlrd so‘m;
  • Yengil sanoat agentligi — 47 mlrd so‘m;
  • Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi — 16,3 mlrd so‘m;
  • Boshqa tashkilotlar — 74,1 trln so‘m (49,98 trln so‘m).

Mavzuga oid