Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Prezidenti va Belgiya qiroli bir-birlarini qutladilar
O‘zbekiston Respublikasi va Belgiya Qirolligi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan Belgiyaliklar Qiroli Filipp O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga tabrik yo‘llagan.
Belgiyaliklar Qirolining qutlovida bunday deyiladi: "2017 yilda Belgiya va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligini nishonlayotganimiz menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi.
O‘tgan yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik turli sohalarda muvaffaqiyatli rivojlanmoqda, ikki tomonlama munosabatlarimizning muhim asosi bo‘lgan do‘stona aloqalar va o‘zaro anglashuv izchil mustahkamlanmoqda".
Belgiya Bosh vaziri Sharl Mishel O‘zbekiston rahbariyatini qutlar ekan, "O‘zbekiston mustaqillikka erishgan kundanoq o‘z suverenitetini mustahkamladi hamda mintaqaning muhim siyosiy va iqtisodiy salohiyatga ega davlatiga aylandi. O‘tgan davr mobaynida mamlakatlarimiz samarali hamkorlik qilib kelmoqda, ammo uni yanada diversifikatsiya qilish borasida katta salohiyat mavjud".
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tabrigida "o‘tgan davrda ikki davlat o‘rtasida mustahkam do‘stlik va o‘zaro anglashuv an'analariga asoslangan ezgu va amaliy munosabatlar o‘rnatilgan"i mamnuniyat bilan qayd etilgan.
Davlatimiz rahbari O‘zbekiston o‘zaro va ko‘p tomonlama hamkorlik masalalari – siyosiy-diplomatik va madaniy-gumanitar sohalar, savdo, investitsiyalar va yuqori texnologiyalarga doir aniq dastur va loyihalar bo‘yicha samarali va o‘zaro foydali hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanini ta'kidlagan.
O‘zbekiston Prezidenti ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan birgalikdagi sa'y-harakatlar davom ettirilishiga, hamkorlik o‘zaro hurmat, teng huquqlilik va ishonch tamoyillari asosida yanada mustahkamlanishiga ishonch bildirgan.
Mavzuga oid
06:00 / 19.02.2026
Prezident ikki tomonlama hujjatlarni imzolashga bag‘ishlangan marosim va qo‘shma loyihalar taqdimotida ishtirok etdi
05:55 / 19.02.2026
O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida investitsiya platformasi tashkil etiladi
05:43 / 19.02.2026
Shavkat Mirziyoyev AQSh savdo vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi
19:01 / 12.01.2026