1 yanvardan “Xavflarni boshqarish” qo‘mitalari tuziladi
2025 yil 1 yanvardan hokimliklar, vazirlik va idoralar, yirik tashkilotlarda ularning birinchi rahbarlari boshchiligida kollegial asosda “Xavflarni boshqarish” qo‘mitalari tuziladi.
2025 yildan davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari hisobidan hududlarga taqsimlangan mablag‘lar bo‘yicha ma’lumotlar tegishli xalq deputatlari Kengashlariga taqdim etiladi.
Bunda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining hududlarga Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalaridan ajratilayotgan mablag‘lar bo‘yicha so‘rovi va nazorati yo‘lga qo‘yiladi.
Har chorakda Hisob palatasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari yakunlari bo‘yicha taqdim etilgan axborotlar Hukumatning majlislarida muhokama qilib boriladi.
2025 yil 1 yanvardan moliyaviy va boshqa xavflarning oldini olish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yirik tashkilotlarda ularning birinchi rahbarlari boshchiligida kollegial asosda “Xavflarni boshqarish” qo‘mitalari tuziladi.
Mavzuga oid
10:06 / 06.11.2024
Soliq qo‘mitasida 31 xodimga intizomiy chora qo‘llandi, 14 xodimning maxsus unvoni pasaytirildi
10:16 / 27.05.2024
O‘zbekistonda Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi tashkil etilmoqda
14:21 / 20.02.2024
Turizm qo‘mitasi zimmasiga qo‘shimcha vazifalar yuklandi
12:51 / 23.01.2024