Vazirlar Mahkamasi huzurida Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qömitasi taşkil etiladi. Bu prezidentning 24 maydagi qarorida nazarda tutilgan.

Qömita Konçilik sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Kon-geologik va sanoat xavfsizligini nazorat qiliş inspeksiyasi negizida tuziladi. Inspeksiyaning özi konçilik sanoati va geologiya nazorati inspeksiyasi etib qayta taşkil etilmoqda.

Qömita yadro energiyasi va yadro texnologiyalari obektlarida radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlaş, şuningdek, xavfli işlab çiqariş obektlarida sanoat xavfsizligi sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oşiriş va muvofiqlaştiriş böyiça vakolatli respublika ijro etuvçi hokimiyat organi hisoblanadi.

Qömita tarkibiga 110 kişidan iborat ştat, şuningdek, yoqilği quyiş şoxobçalari, gaz quyiş şoxobçalari, neft va gazni birlamçi qayta işlaş, magistral quvurlar va gaz inşootlari xavfsizligini ta’minlaş, donni saqlaşda sanoat xavfsizligi nazorat qiliş, istirohat boğlari faoliyatini nazorat qiliş va boşqa funksiyalari berilgan.

Qömita tarkibida yuridik şaxs taşkil etmagan holda davlat budjetidan moliyalaştiriladigan Radiatsiya va yadro xavfsizligi departamenti taşkil etilmoqda.