Hay’at yiğilişida prezident maslahatçisining birinçi örinbosari Timur Işmetov, qömita markaziy apparat tuzilma rahbarlari, hududiy davlat soliq boşqarma hamda inspeksiya (videokonferensaloqa orqali) boşliqlari iştirok etdi.

Andijon, Namangan, Farğona, Qaşqadaryo, Samarqand,Toşkent viloyatlari hamda yirik soliq tölovçilarga xizmat körsatiş hududiy soliq inspeksiyalarida töliq foydalanilmayotgan yönalişlar aniq körsatib berildi.
Asosiy e’tibor quyidagi masalalarga qaratildi:
- tölov intizomini mustahkamlaş orqali soliq qarzini qisqartiriş;
- ortiqça tölov summalarini hosil qilinişiga yöl qöymaslik;
- taşqi savdo operatsiyalari böyiça muddati ötgan debitor qarzdorlikka yöl qöygan sub’yektlarga kömaklaşiş;
- ogohlantirişlardan keyin ham kamçiliklarni takrorlaşda davom etayotgan ayrim xavfdagi soliq tölovçilarga nisbatan manzilli soliq nazorati tadbirlarini samarali taşkil etiş.
Zimmasiga yuklatilgan xizmat vazifalarini yetarli darajada bajarmagan, iş faoliyatida xato va kamçiliklarga yöl qöygan 31 nafar xodimlarga intizomiy çoralar qöllandi.


Şuningdek, samaradorlik körsatkiçlarini baholaş natijasiga köra, 14 nafar xodimning maxsus unvoni pasaytirilib, 12 nafar xodim bilan tuzilgan mehnat şartnomasi bekor qilindi.








