Hujjatga köra, Turizm qömitasi zimmasiga quyidagi qöşimça vazifalar yuklandi:
hududlarda turizm bozorining turli segmentlariga möljallangan va hunarmandçilik faoliyatining har bir yönalişini rivojlantirişga qaratilgan dasturlarni işlab çiqiş hamda ularning amalga oşirilişini muvofiqlaştiriş;
milliy hunarmandçilik, ayniqsa suvenir mahsulotlarining raqobatbardoşligi va sifatini, turistlar uçun ular jozibadorligini yanada oşiriş, şuningdek hunarmandçilik mahsulotlarini keng tarğib qiliş;
hunarmandçilik faoliyatini amalga oşiriş va eksportni rağbatlantiriş uçun qulay şaroitlarni yaratişga qaratilgan qonunçilik bazasini takomillaştiriş, xalqaro me’yor va standartlarni milliy qonunçilikka implementatsiya qiliş.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlangan:
- 2024 yilda Qoraqalpoğiston respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida turizmni rivojlantirişning maqsadli körsatkiçlari;
- Özbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan 2024 yilda xorijiy turistlarni Özbekistonga jalb qiliş reja-jadvali;
- Xorijiy va mahalliy turistlar oqimini yanada oşiriş, şuningdek zarur şart-şaroitlarni yaratiş böyiça «Yöl xaritasi»;
- Xitoy Xalq Respublikasi, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Arab davlatlari va Rossiya Federatsiyasidan turistlarni jalb qiliş böyiça çora-tadbirlar dasturi.








