Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dushanbadan maktab o‘quvchilari uchun TV-darslar boshlanadi. Mas'uliyat ota-onalar zimmasida
30 martdan O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari uchun masofaviy ta'lim boshlanadi. Bu holatda ta'lim sifatini nazorat qilish qanday amalga oshiriladi?
Foto: Shutterstock
Kun.uz muxbiri shu savol bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Axborot xizmati rahbari Feruza Madrahimovaga yuzlandi.
«Darhaqiqat, karantin davri ta'tillari berilishi munosabati bilan Xalq ta'limi vazirligi, Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va PISA bilan hamkorlikda videodarslar tayyorlanmoqda.
Bu darslarning efirga uzatilishida farzandlarining uni tomosha qilishi va o‘zlashtirishida ota-onalarning roli muhim hisoblanadi.
Ota-onalar iloji bo‘lsa, birga ko‘rishsa, farzandlarini nazorat qilishsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi», – dedi inspeksiya vakili.
O‘qituvchilar attestatsiyasi: Davlat inspeksiyasi Telegram'da test sotayotgan firibgarlardan ogohlantirdiO‘qituvchilar attestatsiyasi: Davlat inspeksiyasi Telegram'da test sotayotgan firibgarlardan ogohlantirdi 👉 https://kun.uz/90034110
Posted by Kun.uz on Thursday, March 26, 2020
Ma'lumot uchun, «Yoshlar» telekanalida – 1-4-sinf, «Oilaviy» telekanalida – 5-8-sinf, «Madaniyat va ma'rifat» telekanalida – 9-11-sinf o‘quvchilari uchun, «Dunyo bo‘ylab» telekanalida esa barcha amaliy fanlardan televizion darslar berib boriladi.
Televizion darslar o‘zbek va rus tillarida tasvirga olinmoqda.
Mavzuga oid
08:45 / 20.05.2026
O‘simliklar karantini agentligi direktori yangi vazifaga o‘tdi
19:09 / 11.05.2026
Rossiyada o‘zbek asalarilari ortilgan yuk mashinasi bir oydan beri qidirilmoqda
21:55 / 26.04.2026
Hayvonlar kasalliklari bo‘yicha karantin qoidalari tasdiqlandi
21:33 / 13.02.2026