Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron Isroil bilan mojarodan keyin keng ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlarni boshladi
«Barqaror kuch 1404» deb nomlangan mashg‘ulotlarda kemalar, aviatsiya, qirg‘oq va dengiz raketa tizimlari, shuningdek, Hind okeani shimoliy qismi va O‘mon ko‘rfazidagi radioelektron kurash bo‘linmalari ishtirok etmoqda.
Foto: AP
Eron Isroil bilan 12 kunlik urushdan so‘ng, birinchi harbiy mashg‘ulotlarni boshladi, deb xabar berdi Euronews.
Eron harbiylari tomonidan e’lon qilingan videolarda harbiy-dengiz kuchlari kemalari O‘mon ko‘rfazi va Hind okeanidagi dengiz nishonlariga raketalar uchirayotganini ko‘rish mumkin. Sabalan raketa kreyseri va Ganaveh esminetsi Nasir qanotli raketalarini uchirib, nishonlarga muvaffaqiyatli zarba berdi. Shuningdek, kemalarga qarshi Qadir raketasi sinovdan o‘tkazildi.
«Barqaror kuch 1404» deb nomlangan mashg‘ulotlar yaqinda yakunlangan mojaro fonida bo‘lib o‘tmoqda, unda Isroil Eron havo hujumidan mudofaa tizimlari, yadroviy obektlar va boshqa strategik muhim obektlarga jiddiy zarba bergan edi.
Aniqlik kiritilishicha, manyovrlarda suvusti va suvosti kemalari, aviatsiya, qirg‘oq va dengiz raketa tizimlari, shuningdek, Hind okeani shimoliy qismi va O‘mon ko‘rfazidagi radioelektron kurash bo‘linmalari ishtirok etmoqda.
Eronning 18 mingga yaqin harbiy-dengiz kuchlari Bandar-Abbos portida joylashgan bo‘lib, O‘mon ko‘rfazi, Hind okeani va Kaspiy dengizi havzasini nazorat qiladi. Fors ko‘rfazi Hurmuz bo‘g‘ozi bilan birgalikda, odatda, o‘z dengiz bo‘linmasi bilan Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi nazorati ostida bo‘ladi.
Mudofaa vaziri brigada generali Aziz Nosirzodaning ta’kidlashicha, Eron o‘z qurolli kuchlarini dushmanning ehtimoliy tajovuzkor harakatlarini samarali qaytarishga qodir yangi raketalar bilan ta’minlagan.
Mavzuga oid
21:51 / 26.12.2025
Isroil dunyoda birinchi bo‘lib Somalilend mustaqilligini tan oldi
20:52 / 25.12.2025
Falastinni parchalash: G‘arbiy sohil xaritasi qanday o‘zgaryapti?
19:47 / 25.12.2025
Belgiya Isroilga qarshi genotsid ishi bo‘yicha xalqaro sudda ochilgan da’voga qo‘shildi
09:24 / 23.12.2025