Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi barcha avtomobillarga yil oxirigacha eko-stiker beriladi
Yil oxirigacha, shuningdek, poytaxt hududi “qizil”, “sariq” va “yashil” ekologik zonalarga ajratib chiqiladi.
2026 yil yakuniga qadar Toshkent shahridagi barcha avtotransport vositalariga ekologik toifasini tasdiqlovchi ekologik stikerlar berilishi kerak. “Toza havo” umummilliy loyihasi to‘g‘risidagi prezident farmoni bilan, Ichki ishlar vazirligiga shunday vazifa yuklatildi.
Ekologiya qo‘mitasi esa 2026 yil yakuniga qadar Toshkent shahri hududi “qizil”, “sariq” va “yashil” zonalariga ajratib chiqilishini ta’minlashi lozim.
Farmonga binoan, respublikadagi barcha neftni qayta ishlash zavodlari 2028 yil 1 noyabrga qadar “Yevro-4”, 2030 yil 1 martdan boshlab “Yevro-5” ekologik toifa talablariga muvofiq bo‘lgan motor yoqilg‘ilarini ishlab chiqarishi kerak. Energetika vazirligi buning uchun zavodlarni modernizatsiya qilish dasturini 2026 yil 1 noyabrgacha ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritishi zarur.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda “Ekologik transport” tizimi 2026 yil 1 yanvardan boshlab rasman kuchga kirgan. Unga asosan, shaharlar hududi va transport vositalari “yashil”, “sariq” va “qizil” zonalarga ajratib chiqiladi hamda shaharning tegishli zonasiga tegishli rangdagi ekostikerga ega bo‘lmagan avtomobillarning kirishi cheklanadi.
Bu tartibni buzganlik uchun jarima qo‘llash – 2027 yildan boshlanishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
21:37 / 05.06.2026
Shaxsiy ehtiyoj uchun avtomobil olib kirishda “bir yilda bitta” degan cheklov olib tashlandi
17:27 / 30.05.2026
Sergeli avtomobil bozorida noqonuniy olibsotarlarga qarshi reyd: 30 kishiga chora ko‘rildi
18:55 / 15.05.2026
Toshkentda noto‘g‘ri «parkovka» qilingan avtomobillar jarima maydoniga olib ketiladi
16:32 / 14.05.2026