Jamiyat | 16:50 / 15.05.2018
18344
1 daqiqa o‘qiladi

Sayxunobodda otasini urib-tepib o‘ldirgan oqpadar qo‘lga olindi – IIV

Foto: KUN.UZ

Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida qotillik yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, 14 may kuni IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2018 yil 10 may kuni Fidokorlar ko‘chasida yashovchi X.D. uyida oilaviy janjal oqibatida birga yashagan otasi P.D.ning boshi va yuziga urib-tepib jarohat yetkazgan. 

Natijada P.D. kasalxonaga yotqizilib ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. X.D. qo‘lga olingan.

Mavzuga oid