Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lada XRay Cross yo‘ltanlamasining suratlari namoyish qilindi
Tolyattidagi umumfoydalanish yo‘llarida Lada XRay xetchbegining barcha yo‘llarga mo‘ljallangan modifikatsiyasi payqaldi. Qisman kamuflyaj bilan berkitilgan prototipning suratlari “RCI Rossiyskiy Avtoprom” hamjamiyati tomondan namoyish qilindi.
Xetchbekning standart versiyasidan barcha yo‘llarga mo‘ljallangan Cross versiyasi g‘ildirak arkalaridagi va eshik ostonasidagi plastik detallar, 17 dyuymli g‘ildirak disklari, kattalashtirilgan yo‘l bilan oraliq (klirens) bilan farqlanadi. Klirens 195 mm dan 200 mm gacha oshirilishi taxmin qilinmoqda. Mashinaning seriyali versiyasi 2016 yilda taqdim qilingan XRay Cross kontseptiga o‘xshash bo‘ladi.
Avvalroq seriyali XRay Cross krossoveri Renault Duster modelining to‘liq privodi bilan jihozlanishi ma'lum qilingan. Biroq undan narxi yuqoriligi va vazni og‘irligi sababli voz kechilgan.
Lada XRay Cross joriy yil oxirigacha savdoda paydo bo‘ladi. Uning narxi odddiy xetchbeknikidan 40-45 ming rubl qimmatroq bo‘lishi taxmin qilinmoqda.
Ayni vaqtda Lada XRay xetchbegi 1,6 litrli, 106 ot kuchiga ega hamda 1,8 litrli, 122 ot kuchiga ega motorlar bilan taklif qilinadi. Uzatmalar qutisi 5 pog‘onali mexanik va robot ko‘rinishida. Modelning narxi 615 ming rubldan boshlanadi.
Mavzuga oid
22:19 / 05.10.2025
2025 yilning eng ishonchli va ishonchsiz avtomobillari aniqlandi
11:05 / 12.08.2025
Peugeot 2008 GT Exclusive sotuvi boshlandi
17:58 / 01.09.2023
Santa Fe’dan Traverse’gacha - dunyo avtomobil bozorida taqdim etilgan so‘nggi krossoverlar
11:17 / 13.07.2023