Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alisher Qodirov o‘zbekistonliklarni Rossiyadan ketishga chaqirdi
Deputat Xabarovskdagi voqeaga munosabat bildirib, “vaziyat faqat yomonlashishi”ni aytdi. “Aqlingizni ishlating, Rossiyadan tezroq keting! Hech qanday daromad ota-onalar va farzandlaringizning ko‘z yoshiga arzimaydi!” – deya migrantlarga murojaat qildi Alisher Qodirov.
Foto: "Milliy tiklanish" partiyasi axborot xizmati
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, “Milliy tiklanish” partiyasi raisi Alisher Qodirov Rossiyaning Xabarovsk shahrida OMON xodimlari O‘zbekiston fuqarosini kaltaklab o‘ldirgani haqidagi xabarga munosabat bildirib, RFdagi vatandoshlarga murojaat bilan chiqdi.
“Ishoning, vaziyat oy sayin faqat yomonlashadi.
Rus maxsus xizmatlari markaziy osiyoliklarni Rossiyada kutilayotgan notinchliklarning faol ishtirokchisi sifatida taxmin qilmoqda, shu sababli ulardan keladigan foydadan allaqachon kechib bo‘lingan.
Aqlingizni ishlating, Rossiyadan tezroq keting! Hech qanday daromad ota-onalar va farzandlaringizning ko‘z yoshiga arzimaydi!” – deb yozdi Qodirov o‘z Telegram-kanalida.
Avvalroq Xabarovskdagi holat yuzasidan O‘zbekiston TIV Rossiya tomoniga nota yo‘llagan edi.
Mavzuga oid
07:52
Mudhish qotillikka qo‘l urgan o‘zbekistonlik ayol Rossiya ruhiy kasalliklar shifoxonasida qoldirildi
07:38 / 06.05.2026
O‘zbekistonliklar Germaniyaga 3 ming yevrolik ishlarga taklif qilindi
21:41 / 05.05.2026
Qozog‘iston 2027 yilda Rossiyadan elektr energiyasi olishni to‘xtatadi
07:44 / 05.05.2026