Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yuridik shaxsga nisbatan sudga da'vo arizasi kiritish uchun qanday hujjatlar ilova qilinadi?
Foto: Simbi.com
SAVOL: Qurilish firmasi tegishli tashkilot bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha xizmatlarni talab darajasida bajarmagan holatda ushbu firmaga nisbatan beriladigan da'vo arizasiga ilova qilinadigan hujjatlar to‘g‘risida ma'lumotlar berishingizni so‘rayman. Shuningdek, bu holatni sud yoki prokuratura idoralari tomonidan ko‘rib chiqish tartibi va muddatlari to‘g‘risida bilmoqchiman.
Farrux Kunaboyev
JAVOB: Yuridik shaxslar o‘rtasidagi nizolar iqtisodiy sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladi. Da'volar javobgar joylashgan joydagi iqtisodiy sudga taqdim etiladi. Yuridik shaxsga nisbatan uning alohida bo‘linmasi faoliyatidan kelib chiqadigan da'volar alohida bo‘linma joylashgan joyda taqdim etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining 114-moddasiga asosan da'vo arizasiga quyidagi xujjatlarni ilova qiladilar:
1) belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji to‘langanligini;
2) da'vo arizasining va unga ilova qilingan hujjatlarning nusxalari yuborilganligini;
3) nizoni javobgar bilan sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etilganligini, agar bu shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa;
4) da'vo talablariga asos bo‘lgan holatlarni.
Agar da'vo arizasi da'vogarning vakili tomonidan imzolangan bo‘lsa, uning da'vo taqdim etishga vakolatli ekanligini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
Shartnoma tuzishga majbur etganlik to‘g‘risidagi arizaga shartnoma loyihasi ilova qilinadi.
Savolga huqushunos Umida Abdusalomova javob berdi.
Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.
Mavzuga oid
14:56
Tuman (shahar) va viloyat sudlariga rais lavozimi kerakmi?
19:07 / 13.01.2026
O‘zbekistonda sud qanchalik mustaqil va erkin? – faollar bilan suhbat
20:50 / 06.01.2026
“Credit House” ishi bo‘yicha zarar summasi hanuz aniq emas – suddan reportaj
08:49 / 30.12.2025