Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
7 iyundan O‘zbekiston prezidentligiga saylovoldi tashviqotlari boshlanadi
Markaziy saylov komissiyasining majlisida O‘zbekiston Respublikasi prezidentligiga nomzodlarning saylovoldi tashviqotini o‘tkazish masalasi muhokama etildi.
Foto: KUN.UZ
O‘zA xabariga ko‘ra, prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqoti 2023 yil 7 iyundan boshlanishi qayd etilib, qaror qabul qilindi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxatga olindi.
Majlisda:
— Xalq demokratik partiyasidan Ulug‘bek Inoyatovni;
— Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasidan Shavkat Mirziyoyevni;
— O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan Robaxon Mahmudovani;
— O‘zbekiston Ekologik partiyasidan Abdushukur Hamzayevni, O‘zbekiston prezidentligiga nomzod etib ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi.
Mavzuga oid
12:10 / 29.09.2025
Chexiya parlament saylovlari oldidan aralashuvdan xavotirda
11:59 / 29.09.2025
Moldova parlament saylovlarida hukmron partiya g‘alaba qozondi
10:04 / 29.09.2025
Moldova parlamentiga saylovlarda hukmron partiya yetakchilik qilmoqda
18:17 / 25.09.2025