Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi tashkil etiladi
O‘zbekistonda agrar sohada ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish va agrosanoat majmuini ilmiy asosda rivojlantirish maqsadida yangi ilmiy muassasa tashkil etilmoqda. Bu prezidentning “Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida nazarda tutilgan.
Farmonga ko‘ra, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi negizida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi tashkil etiladi. Akademiya qishloq xo‘jaligi sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni yo‘naltirish, uzoq va yaqin muddatli ilmiy dasturlarni belgilash hamda agrosanoat majmuini ilmiy jihatdan rivojlantirishni muvofiqlashtiruvchi davlat ilmiy muassasasi hisoblanadi.
Hujjatga muvofiq, qishloq xo‘jaligi va yer munosabatlari bilan bog‘liq islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan kelishish jarayonida majburiy tartibda akademiyada ilmiy ekspertizadan o‘tkaziladi.
Shuningdek, akademiyada qator ilmiy unvonlar berish tartibi joriy etiladi. Ular qatoriga yosh akademik, akademiya professori, akademiyaning muxbir a’zosi, akademiyaning haqiqiy a’zosi (akademik) hamda akademiyaning xorijiy a’zolari kabi unvonlar kiradi.
Mazkur akademiya tashkil etilishi agrar sohada ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, innovatsion ishlanmalarni amaliyotga keng joriy etish hamda qishloq xo‘jaligi islohotlarini ilmiy asosda qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
21:10 / 04.04.2026
FVV akademiyasi huzurida qutqaruvchilar tayyorlash texnikumi tashkil etiladi
13:22 / 23.03.2026
O‘zbekiston Fransiya bilan qo‘shma agrar tadqiqot loyihalarini yo‘lga qo‘ymoqchi
08:30 / 23.03.2026
O‘zbekiston Polsha tajribasini agrar sohaga joriy etishni ko‘zlamoqda
08:39 / 18.03.2026