“Dunyo” AA xabar berishicha, O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan muloqotda qishloq xo‘jaligiga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, yuqori sifatli urug‘chilik tizimini rivojlantirish, barqaror agrar ishlab chiqarishni ta’minlash va oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Polsha tajribasini o‘rganish va uni O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish, zamonaviy innovatsion yechimlarni joriy etishga alohida e’tibor qaratildi.

Muloqot yakunida tomonlar mutaxassislar malakasini oshirish, tajriba almashish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni tayyorlash va imzolash yuzasidan kelishib oldi.