Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmaniston O‘zbekistonga bepul suyultirilgan gaz beradi
Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov O‘zbekistonga suyultirilgan gazni yordam sifatida bepul berish to‘g‘risidagi farmoyishni imzoladi.
Foto: business.com.tm
Bu haqda 3 fevral kuni «Turkmenistan: Zolotoy vek» nashri xabar berdi.
Uning ma’lumotiga ko‘ra, Turkmaniston prezidenti farmoyish imzolagan, unga muvofiq Türkmengaz davlat konserniga suyultirilgan gazning tegishli hajmini O‘zbekiston Respublikasiga tekin o‘tkazish vazifasi yuklangan.
Suyultirilgan gazning aniq hajmi ko‘rsatilmagan.
Bu «Turkmaniston va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va qardoshlik munosabatlarini yanada mustahkamlash, O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlash maqsadida» amalga oshirilayotgani alohida ta’kidlangan.
Eslatib o‘tamiz, 21 yanvar kuni Turkmaniston O‘zbekistonga gaz eksportini tikladi. O‘sha kuni O‘zbekiston 4,8 million kub metr gaz import qildi.
Avvalroq, shuningdek, Türkmengaz O‘zbekistonga gaz eksportini mamlakatdagi eng yirik, Markaziy Osiyo-Xitoy gaz quvuri uchun asos bo‘lgan «Galkinish» konining ichki quvurlarida gidrat hosil bo‘lishi sababli to‘xtatgani haqida xabar berilgan edi. 2022 yilda unda qazib olish hajmi 35 milliard kub metrdan oshdi.
13 dekabr kuni Turkmaniston rahbari Serdar Berdimuhamedov O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqovni qabul qildi.
Kun.uz manbasining xabar berishicha, safar davomida O‘zbekistonga kuniga qo‘shimcha 20 million kub metr gaz yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishilgan va shartnoma imzolangan (3 oyda jami 1,5 milliard kub metr).
Mavzuga oid
08:53 / 18.03.2026
Dalolatnoma rasmiylashtirmaslikni va’da qilgan gazchilar ushlandi
10:53 / 12.03.2026
Elektr va gazga noqonuniy ulanganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
21:04 / 10.03.2026
Yil boshidan buyon 11 ta yangi tabiiy gaz qudug‘i ishga tushirildi
14:06 / 10.03.2026