Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorlarga subsidiya, soliq va bojxona imtiyozlari reyting darajasidan kelib chiqqan holda taqdim etiladi
Tadbirkorning reyting darajasi pasaygan taqdirda, qo‘llab-quvvatlash choralarini taqdim etish 3 oy davomida saqlab qolinadi.
Foto: Getty Images
«Tadbirkorlik sub’yektlariga subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarni taqdim etish tartiblarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga subsidiyalar, soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalar (qo‘llab-quvvatlash choralari) ularning reyting darajasidan kelib chiqqan holda quyidagi tartibda joriy etiladi:
Qo‘llab-quvvatlash choralari «V» va undan yuqori reyting darajasiga ega tadbirkorlarga amaldagisiga nisbatan quyidagi miqdorlarda taqdim etiladi:
- AAA toifa – amaldagi miqdorning 100 foizi;
- AA toifa – amaldagi miqdorning 90 foizi;
- A toifa – amaldagi miqdorning 80 foizi;
- VVV toifa – amaldagi miqdorning 70 foizi;
- VV toifa – amaldagi miqdorning 60 foizi;
- V toifa – amaldagi miqdorning 50 foizi;
Qo‘llab-quvvatlash choralari ro‘yxatdan o‘tganiga 6 oy bo‘lmagan, shuningdek, prezident farmoniga muvofiq 4- va 5-toifadagi tumanlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga ularning reyting darajasidan qat’i nazar amaldagi miqdorlarda taqdim etiladi.
Tadbirkorlarning reyting darajasi:
- pasaygan taqdirda, qo‘llab-quvvatlash choralarini taqdim etish 3 oy davomida saqlab qolinadi;
- ko‘tarilgan taqdirda, qo‘llab-quvvatlash choralari keyingi oydan boshlab yangilangan reyting darajasiga muvofiq miqdorlarda taqdim etiladi.
2025 yil 1 yanvardan Subsidiya.mf.uz platformasida tadbirkorlarga taqdim etiladigan qo‘llab-quvvatlash choralarining turlari, muddatlari va tartibini o‘z ichiga olgan alohida reyestr yuritiladi.
Mavzuga oid
15:52 / 19.12.2025
Kambag‘al oilalarga o‘rmon fondida ekilgan daraxtlar uchun subsidiya beriladi
09:30 / 13.12.2025
Tadbirkorlikka ajratilgan subsidiyalar bo‘yicha yangi nazorat tartibi joriy etildi
13:19 / 10.12.2025
Intensiv bog‘dorlik uchun uch yillik dastur va yangi imtiyozlar joriy etiladi
08:41 / 10.12.2025